O‘zbekistonda steyblkoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda 24-avgust kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak Silk Road Finance and Technology Forum doirasidagi panel muhokamasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ILMA va Markaziy bank mamlakatdagi moliyaviy xizmatlarning ikkita asosiy regulyatori hisoblanadi.
Agentlik kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat va kriptoaktivlar muomalasini tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Pakning ta’kidlashicha, tokenizatsiya va steyblkoinlar moliya sohasidagi asosiy tendensiyalardan biri hisoblanadi.
Shu sababli NAPP o‘z faoliyatining bir qismini ushbu yo‘nalishlarga qaratgan. Jumladan, agentlik obligatsiyalar va aksiyalarni tokenizatsiya qilishni tartibga solish bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda steyblkoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Biz O‘zbekistonda steyblkoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshiryapmiz”, — dedi Pak.
Agentlikning yana bir ustuvor yo‘nalishi sifatida u blokcheyn texnologiyasiga asoslangan yangi turdagi to‘lov tizimini yaratishni qayd etdi.
Avvalroq Spot sentabrdan O‘zbekistonda elektron tijorat operatorlari uchun xabardor qilish tartibi joriy etilishi haqida yozgandi.