Sony 48 megapikselli ekran o‘lchamlari bilan harakatlanuvchi uyali sensorni ishlab chiqardi. Bu hozirgi kunda yaratilayotgan smartfonlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lishi kutilmoqda.

Yuqori o‘lchamlar tufayli uyali sensor piksel o‘lchamlari 0,8 mikronga kamayadi, bu odatda sezgirlikni kamaytiradi. Biroq, Quad Bayer intellektual texnologiyasi yordamida 1,6 mikrondan iborat samarali piksel o‘lchamlarini olishga erishildi.

Ma’lumki, piksel o‘lchamlari qanchalik katta bo‘lsa, kam yorug‘lik sharoitida yorug‘lik sezuvchanlik yaxshiroq bo‘ladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, eng yaxshi «muhrlaydigan» telefonlardan biri — Google Pixel 2 1,4 mikron bo‘lgan piksel o‘lchamli kameraga ega.

Shu bilan birga, kamera 4K formatda foto va videolarni soniyada 90 kadr tezligida ishlab chiqara oladi. IMX586 smartfonlari kelgusi yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.