Toshkentda investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etgan investitsion takliflar yagona maydonining to‘rtinchi uchrashuvida O‘zavtosanoat yangi modeldagi avtomobillarni ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi. Bu xususida Spot muxbiri xabar beradi.
2018−2021 yillarda «O‘zavtosanoat» korxonasi 290,9 mln $ lik 10 investitsion loyihani amalga oshiradi. Ulardan 65,1 mln $ mablag‘ni yengil avtomobillar modellarini o‘zlashtirishga, hamda 110,7 mln $ ni tijorat transport vositalariga sarf etadi.
Shuningdek, 45,7 mln $ ni qo‘shimcha qurilmalarni o‘zlashtirishga va 6,2 mln $ ni esa joriy mahsulotlarni zamonaviylashtirishga sarflanadi.
Suhbat jarayonida ma’lum bo‘ldiki, GM Uzbekistan o‘tgan yil mobaynida 140,247 dona yengil avtomobil ishlab chiqargan, o‘sish sur’ati 2016 yilga nisbatan 59% ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2017 yilda Samarqand avtomobil zavodida 3600 dona yuk avto va avtobuslari (o‘sish su’ati 5,5%), JV MAN Auto-Uzbekistan esa 1200 dona yuk avto va avtobuslari ishlab chiqardi.
Dastlabki Spot bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya yana bir bor narx borasidagi qarorni o‘rganish uchun avtomobillarning narxini 1 avgustdan oshirishmadi.