Farg‘ona shahridagi «Fergana Senabo servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati granula xomashyosini qayta ishlash evaziga yiliga 5 million dona sifatli va zamonaviy qoplar ishlab chiqarmoqda. Ikki smenada tashkil etilgan quvvat 30 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minladi.

Joriy yilning birinchi choragida ushbu korxona Farg‘ona tumanining Satkak qishlog‘i hududida yiliga 1 million 300 ta betonblok ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirgan edi.

Umumiy qiymati 130 ming dollar ekvivalentidagi ushbu quvvat natijasida 6 nafar mahalliy yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Fergana Senabo servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2010 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.