Ish va sport: dasturchilar qanday sport turlari bilan shug‘ullanadi?

IT-sohasi vakillari uchun sport shunchaki bo‘sh vaqt mashg‘uloti emas, balki ish unumdorligini oshiruvchi vositaga aylanib ulgurgan. Uzoq vaqt kompyuter qarshisida ishlash fonida jismoniy faollik diqqatni tiklash, stressni kamaytirish va sog‘liqni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Spot dasturchilar va startaperlar bu muvozanatni qanday topayotgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Meteora Production asoschisi Kamila Erkayeva tavsiya qilgan kitoblar

Kamila biznes, jamoa boshqaruvi va shaxsiy samaradorlik bo‘yicha unga katta ta’sir qilgan kitoblar bilan bo‘lishdi. To‘plamdan ta’sischilik, liderlik, kuchli jamoa qurish va biznesni uzoq muddatli rivojlantirishga oid amaliy g‘oyalarni topish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Toshkentda peshlavha reydlari biznesga qanday ta’sir qilmoqda?

Spot reydlar davomida peshlavhalari olib tashlangan tadbirkorlar bilan yana suhbatlashdi. Maqsad — tekshiruvlar qanday o‘tganini, ogohlantirish berilgan-berilmaganini hamda hokimiyat tomonidan qanday tushuntirishlar berilganini aniqlash edi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Bu kelishuvlarning bekor qilinishi”: bekatlardagi savdo nuqtalari buzilishiga biznes munosabati

Spot bekatlardagi tadbirkorlar bilan yana suhbatlashib, savdo nuqtalarini ko‘chirish jarayoni qanday kechayotgani va bu jarayonda biznes qanday yo‘qotishlarga duch kelayotgani haqida gaplashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “5−7% ning fikri muhimmi yoki 80% ning?” — Kudbiyev renovatsiya uchun aholi roziligi chegarasini pasaytirish haqida.
    Davlat mulkdorlardan uy-joylarni sotib oladi, hududning bosh rejasini ishlab chiqadi va kichik lotlarni auksionga qo‘yadi.
  2. O‘zbekistonda marketpleyslarda dori-darmonlar savdosini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
    ILMA dorixonalar va dorixona tarmoqlarida onlayn-buyurtmalarni berish punktlarini ochish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
  3. XVJ O‘zbekistonga aksizni oshirish va foyda solig‘i imtiyozlarini bekor qilishni tavsiya etdi.
    Jamg‘arma 2027-yildan boshlab mineral resurslarni chegirgan holda budjetning nominal birlamchi taqchilligi chegarasini belgilashni tavsiya qildi.
  4. XVJ O‘zbekistonni foydali davlat korxonalarini xususiylashtirib, zarar ko‘rayotganlarini yopishga chaqirdi.
    Jamg‘arma axborot beruvchilarni himoya qilish va aktivlarni deklaratsiyalash bilan bog‘liq “eng muhim qonunchilik hujjatlarini” qabul qilishni tavsiya qildi.
  5. O‘zbekistonda steyblkoinlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi tasdiqlandi.
    So‘m yoki xorijiy valyutadagi barqaror tokenlar faqat to‘liq pul mablag‘lari bilan ta’minlangan holda chiqariladi, ayrim turdagi tokenlar esa taqiqlanadi.
  6. 1-oktabrdan biznes jarimaning 50%ini bir oyda to‘lasa, qolganidan ozod etiladi.
    2027-yilda jarimalar to‘g‘risidagi qarorlar reyestri ishga tushirilishi, shuningdek, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ular ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi.
  7. 20-apreldan o‘qituvchilar uchun ipoteka subsidiyalariga arizalar qabuli boshlanadi.
    Pedagoglar 15 yil ish stajiga, oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishlari kerak.
  8. Buxoroda 2026-yil oxirigacha Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
    Birinchi bosqichda loyihaga $50 mln yo‘naltirilib, 20 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi, 2031-yilgacha esa ishlab chiqarish hajmini 200 ming donaga, jami investitsiyalarni $350 mlnga yetkazish rejalashtirilgan.
  9. UzMIF IPO oldidan BlackRock, Franklin Resources va boshqa investorlardan $300 mln jalb qildi.
    Jamg‘arma IPO bo‘yicha yakuniy narx va joylashtirish hajmini may oyining o‘rtalarida e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
  10. Yagona QR-kod orqali to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari tasdiqlandi.
    Bunday QR-kod foydalanuvchilarga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
  11. Poytaxt tumanlari sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashtiriladi.
    Toshkent iqtisodiyotini 12% ga oshirish, $3,6 mlrdlik eksportni ta’minlash, $9 mlrd investitsiya jalb qilish va 616 ming aholi bandligini ta’minlash belgilangan.
  12. O‘zbekiston Afg‘onistonga 100 mingtagacha avtomobil yetkazib berishi mumkin — SSP raisi.
    Eron va Pokiston orqali ishlatilgan avtomobillarni yetkazib berishdagi uzilishlar bozorda imkoniyatlar ochmoqda, dedi Davron Vahobov.
  13. O‘zmetkombinatning sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi.
    Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, u juda ko‘p miqdorda mablag‘larni talon-toroj qilishda ayblanmoqda.
  14. O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi.
    U qimor o‘yinlarini tashkil etish va pul yuvishda ayblanmoqda. Unga nisbatan Interpol tomonidan qizil bildirishnoma e’lon qilingan.
  15. O‘zbekistonda yirik obyektlar qurilish muddatini 3 yilgacha uzaytirish taklif etildi.
    Prezident tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bu tannarxni pasaytirishi va yirik loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.