Prezidentning 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son xamda 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son farmonlari bilan bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim turdagi ruxsat berish tartib-tamoyillarini nazarda tutuvchi xizmatlar bekor kilinishi belgilangan, deb yozadi YAIDXP.
Yukoridagilardan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orkali elektron tarzda quyidagi xizmatlar to‘xtatiladi:
- Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza takdim etish;
- Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;
- Reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
- Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xarakatlanish yunalishlarini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
- Reeksport rejimiga ruxsat olish uchun elektron ariza takdim etish;
- Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.