Joriy yilda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi o‘smoqda, bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 18,4 trillion so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 16,3% ni tashkil etdi.

Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh qazib olish hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga, kaolin — 1,8 martaga, gaz kondensati — 16,1% ga va tabiiy gaz — 6,6% ga oshgan.

Shu bilan birga neft qazib olish hajmining 9,9% ga va ko‘mirni ishlab chiqarish — 13,1% ga kamaygan.