“Dori-Darmon” AK ustav kapitalidagi davlat ulushi AQSHning “United Investment Healthcare Group” LLC kompaniyasi boshqaruviga topshirilishi ko’zda tutilmoqda. Bu haqda prezidentning “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori loyihasida kelirilgan.
Ishonchli boshqarish shartnomasini 5 yil muddatga, yana 5 yilga uzaytirish ehtimoli bilan tuzish taklif etilmoqda.
“Dori-Darmon” AK 2 200 tadan ortiq ijtimoiy dorixonalarni tashkil etgan bo‘lib, uning 71% aksiyalari paketi davlatga tegishli. Kompaniya respublika davlat tibbiyot tashkilotlari uchun narkotik vositalar va psixotrop moddalarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Kompaniyaga, istisno tarzida, xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, tovarlarni (ishlar va xizmatlarni), sh. j. dori vositalarini sotib olish huquqi berilishi mumkin.
Shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlari, istisno tarzida, xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha kompaniyadan dori vositalarini xarid qilishi rejalashtirilmoqda.