Samarqandda 2 gektar yerni $490 mingga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi 43 yoshli fuqaro bilan til biriktiradi.

Ular fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yerni xaridorga $490 mingga sotmoqchi bo‘ladi.

Shuningdek, mansabdor tanishlari orqali yer hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda 33 yoshli shaxs $50 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mart oyida Farg‘onada yer ajratish evaziga $101 ming talab qilgan soliqchi ushlangandi.

Spot, avvalroq, o‘zboshimcha egallangan yerlar uchun javobgarlik barcha turdagi yerlarga qo‘llanilishi mumkinligi haqida yozgandi.