Bandlik, xorijiy tillar, soliqdan imtiyoz: Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Har yili 10 mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka krediti, o‘quv markaz ochishga foizsiz qarz hamda davlat xizmatlarida chegirmalar beriladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligini borib ko‘rdi. Foto

U yerda prezident hokim bo‘lib ishlagan davrdagi qayta tiklangan xizmat kabineti va avtomobili namoyish etildi. Davlat rahbari Aqlli tuman platformasi bilan ham tanishdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Timur Musin nima uchun restoranlarini sotmoqda va endi nima bo‘ladi?

Spot mamlakatdagi eng mashhur restoran xoldinglaridan biri atrofida yuz berayotgan voqealarni o‘rganib, restoratordan nima uchun Caravan Group’ning barcha asosiy loyihalarini sotuvga qo‘yishga qaror qilgani va bu qaror ortida qanday sabablar borligi haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Peshlavhani olib tashlamasang, “svet"ni o‘chiramiz”: Toshkentda biznes hokimlik harakatlariga e’tiroz bildirdi

Muassasalarga hokimiyat xodimlari kelib, o‘zini tanishtirmasdan va hech qanday hujjat ko‘rsatmasdan peshlavhalarni olib tashlashni talab qilayotgani aytilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Bank ilovalariga kirish tartibi o‘zgardi. Nimalarni bilish muhim?

22-apreldan bank ilovalarida xavfsizlik talablari kuchaydi: endi muhim operatsiyalar biometrik tasdiq, ma’lumotlar muvofiqligi va qurilma nazoratidan o‘tadi. Shuningdek, ilovaga begona raqamdan ham kirib bo‘lmaydi.

hafta yakuni, yangiliklar


Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2026-yil aprel oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 24 tasida so‘mda omonat ochish mumkin. Maksimal stavka 22% ni tashkil etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Janubiy Koreyaning Shinhan Banki O‘zbekistonda sho‘ba bankini ochishni rejalashtirmoqda
    Harakatlar mahalliy regulyator bilan kelishilgan, tayyorgarlikning katta qismi esa yakunlangan. Bank 2027-yilda ishga tushishi mumkin.
  2. Markaziy bank Timur Ishmetovning soati go‘yoki 27 ming yevro turishi haqidagi xabarlarni rad etdi
    Regulyator matbuot xizmatining qayd etishicha, rais Tissot soatini taqib yurgan, uning narxi 2021-yilda $300−350 ni tashkil qilgan.
  3. Asakabank‘ni xususiylashtirish jarayoni tezlashtiriladi
    Bankning asosiy faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan barcha faoliyat turlari to‘xtatilib, faoliyati bozor tamoyillari asosida qayta tashkil etiladi.
  4. Renovatsiyada 80% rozilik mulkdorlar soni bo‘yicha hisoblanadi — Urbanizatsiya qo‘mitasi
    Har bir uy-joy mulkdori mulk maydoni yoki ulush miqdoridan qat’i nazar, mustaqil subyekt sifatida hisobga olinadi.
  5. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratishni taklif qildi
    Shuningdek, mintaqa yashil savdo yo‘lagini shakllantirish tashabbusi ilgari surildi.
  6. “Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi
    Farrux Pulatovning aytishicha, Toshkentdagi 419 ta umumiy ovqatlanish korxonasi QQSdan qochish uchun o‘z nomiga yoki xodimlari nomiga YTT ochib, cheklarni ular nomidan bermoqda.
  7. Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga 2029-yilgacha ijobiy ekologik xulosa berildi
    Loyihaning atrof-muhitga ta’sirni baholashning birinchi bosqichi ma’qullandi, endi investor ekologik ta’sirlarni chuqurroq tahlil qilib, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishi kerak.
  8. 1-maydan Humo kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi ikki baravarga oshadi
    Endilikda 13131 qisqa raqamidan keluvchi har bir SMS 168,4 so‘mni tashkil etadi. Hozirda — 84,2 so‘m.
  9. UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi
    28-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab barcha komlektatsiyalar uchun onlayn shartnoma tuzish mumkin.
  10. Biznes-ombudsman Toshkent dizayn-kodi qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
    O‘rganishlar natijasida qarorda reklama vositalari ranglari, brend huquqlari va yangi talablarga moslashish muddatiga oid qator e‘tirozlar aniqlangan.