Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning qimmatbaho soati haqida xabarlar tarqaldi. Buning tasdig‘i sifatida u hali moliya vaziri lavozimida ishlagan 2021-yildagi intervyusi keltiriladi.
E’lon qilingan kadrlarga asoslanib, amaldor 27,7 ming yevro turadigan Patek Philippe Calatrava soatini taqqan, degan xulosaga kelingan.
Markaziy bank matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etib, tarqatilgan xabarlarni noto‘g‘ri deb atadi.
“Temur Ishmetovning qo‘lidagi soat Tissot bo‘lib, 2021-yilda uning narxi taxminan $300−350 ni tashkil etgan,” — deyiladi xabarda.

Оriginal soat. Foto: Markaziy bank
Xorijiy saytlarda shunga o‘xshash Tissot soatlari $500 gacha, chegirmada esa $300 dan sal qimmatroq turadi.
O‘tgan hafta Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar va foydalanuvchilar tomonidan $50 mingga baholangan qimmatbaho soati haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Avvalroq Markaziy bank raisi Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida aytgandi.
Timur Ishmetov regulyatorning asosiy vazifasi o‘z siyosatini ishlab chiqish uchun xatarlarni to‘g‘ri baholash ekanini ta’kidladi.