E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va tanishtiruv maqsadida taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rganib chiqdi. Bugungi kunda mavjud 34 ta bankdan 28 tasida so‘mda omonat ochish mumkin.
Hozirda foiz stavkalari 17−22% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Eng yuqori — 23,5% lik stavkani AVO Bank, 22% lik stavkani esa Anorbank va Universalbank taklif qilmoqda. Ammo bunday takliflar odatda qattiq cheklovlar bilan birga keladi: hisobni to‘ldirish yoki mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish imkoniyati bo‘lmaydi.
Ba’zi banklar qo‘shimcha mablag‘larni faqat birinchi oylarda kiritishga ruxsat beradi yoki minimal to‘ldirish chegarasini belgilaydi.
Shu bilan birga, stavkalarning pasayishi fonida tobora ko‘proq banklar o‘rtacha daromadli (20−21%) va yanada moslashuvchan shartlarni taklif qilmoqda: hisobni to‘ldirish, ba’zan esa mablag‘larni qisman yechib olish mumkin. Bu bunday omonatlarni omonatchilarning keng doirasi uchun qulay qiladi.
Omonat ochish uchun talab qilinadigan eng kam summa 1000 so‘mdan boshlanadi. Omonat ochishning minimal miqdori aksariyat banklarda 1 mln so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori boshlang‘ich chegara Tenge Bankda bo‘lib, u 10 mln so‘mni tashkil etadi.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, foiz stavkasi mablag‘ning hisobvaraqda saqlanish muddatiga qarab pasaytiriladi. Ortiqcha to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan chegirib qolinadi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa (so‘mda) | Muddati (oy) | To‘ldirish | Yechib olish |
| Tayanch bank | 23% | 100 ming | 24 | +, minimal 100 ming so‘m | +, qoldiq 100 ming so‘m |
| AVO Bank | 21,5−23,5% | 1000 | 12 | + | + |
| Hayot Bank | 23% | 5 mln | 24 | - | - |
| Anorbank | 22% | 1 mln | 24 | - | - |
| Universalbank | 22% | 100 ming | 36 | Dastlabki 16 oy | - |
| TBC Bank | 21% | 100 ming | 24 | + | + |
| APEX BANK | 21% | 500 ming | 25 | + | + |
| Asia Alliance Bank | 21% | 500 ming | 24 | + | - |
| Davrbank | 21% | 500 ming | 25 | Dastlabki 6 oy | - |
| Agrobank | 21% | 500 ming | 13 | Minimal 500 ming so‘m | + |
| oflayn 100 ming / onlayn 1 mln | 18 | ochilish turiga qarab | ochilish turiga qarab | ||
| Mikrokreditbank | 20% | 100 ming | 24 oygacha | + | - |
| Trastbank | 20% | 500 ming | 24 | Dastlabki 12 oyda | Qoldiq 1 mln so‘m |
| O‘zsanoatqurilishbank | 20% | 1 mln | 24 | - | - |
| Kapitalbank | 20% | 100 ming | 25 | Dastlabki 6 oy | - |
| Poytaxtbank | 20% | 1 mln | 24 | - | + |
| 20% | 10 ming | 555 kun | Dastlabki 333 kunda | - | |
| Ipak yuli bank | 20% | 1 mln | 24 | - | - |
| Hamkorbank | 19% | 100 ming | 24 | + | - |
| Aloqabank | 19% | 1 mln | 18 | - | - |
| Biznesni rivojlantirish banki | 19% | 500 ming | 13 | + | + |
| 100 ming | 24 | Qoldiq 100 ming so‘m | |||
| Tenge Bank | 19% | 10 mln | 12 | - | - |
| Xalq banki | 18% | 100 ming | 24 | + | - |
| O‘zmilliybank | 18% | 100 ming | 18 | + | - |
| Asakabank | 18% | 100 ming | 24 | + | - |
| 30 | + | + | |||
| InfinBank | 18% | 500 ming | 24 | + | + |
| Ipotekabank | 18% | 500 ming | 24 | Dastlabki 3 oy | - |
| Turonbank | 18% | 100 ming | 18 | + | + |
17 − 18%* | 1 mln | 13 | - | - |
* — omonatlar stavkasi ochilish variantiga qarab farq qilishi mumkin: onlayn yoki oflayn.
** — bankning mobil ilovasi orqali ochilganda +1%.