Avvalroq prezidentga 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika sohasi masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yakunlari yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida taqdimot taqdim etilgani haqida yozgan edi.

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar “qizil” toifaga kiritilgan transformatorlar va elektr tarmoqlari infratuzilmasining boshqa obyektlarini to‘liq shay holatga keltirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari raisi Sardor Isoqulov O‘zbekiston24 telekanaliga bergan intervyusida ma‘lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda sohada generatsiya quvvatlari oshirilib, magistral tarmoqlar tizimi rivojlantirilgan, biroq past kuchlanishli hududiy tarmoqlar darajasida muammolar saqlanib qolmoqda. Aynan shu darajadagi uzilishlar aholi va tadbirkorlarning shikoyatlariga sabab bo‘lmoqda.

Qishga tayyorgarlik doirasida elektr ta‘minotida tez-tez uzilishlar kuzatiladigan va debitor qarzdorligi yuqori bo‘lgan hududlarda transformatorlar hamda elektr uzatish liniyalarining texnik holati tahlil qilinmoqda. “Qizil” toifadagi obyektlarga alohida e‘tibor qaratilib, ularni 1-sentabrgacha ta‘mirlab, mavsumga to‘liq tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, har bir mahallada “yettilik” bilan hamkorlikda inventarizatsiya o‘tkazilib, elektr hisoblagichlarning holati tekshirilmoqda.

“Kelgusi kuz-qish mavsumi har bir tadbirkor va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta‘minlash uchun bir sinov yili sifatida belgilandi. Shu bois bu yil kuz-qish mavsumi oldidan o‘z ishimizni ikki karra mas‘uliyat bilan tashkil qilamiz”, — dedi Sardor Isoqulov.

ahadxon isoqjonov, energetika, hududiy elektr tarmoqlari, o'zenergoinspeksiya, sardor isaqulov, transformator

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Ahadxon Isoqjonov idora davlat nazorati va monitoringini raqamlashtirish hamda ma‘lumotlar tahliliga sun‘iy intellektni joriy etish ishlarini boshlaganini ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, buning uchun energiya resurslarini qazib olish, qayta ishlash va iste‘mol qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim bo‘lgan Raqamli ofis elektron platformasi ishga tushirilmoqda. Inspeksiya, shuningdek, tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganmoqda.

Yangiyo‘l tumani tajribasi asosida Sharof Rashidov, Koson va Denov tumanlari tajriba-sinov hududlari sifatida belgilandi. Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi “qizil” toifaga kiruvchi 65 ta transformator punktidan 40 ga yaqini ta‘mirlandi.

Ikkinchi yarim yillikda inspeksiya energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, davlat xizmatlarini yana-da shaffof qilish va inson omili ta‘sirini kamaytirish maqsadida tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish tizimiga sun‘iy intellektni joriy etish niyatida.

Bundan tashqari, inspeksiya “qizil” toifadagi transformator punktlari, elektr tarmoqlari va gaz taqsimlash qurilmalarining ta‘mirlanishini nazorat qilib, har oy ushbu ishlarning bajarilishi bo‘yicha reyting shakllantirib boradi. Energoaudit yakunlari bo‘yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishi alohida o‘rganilishi rejalashtirilgan.

ahadxon isoqjonov, energetika, hududiy elektr tarmoqlari, o'zenergoinspeksiya, sardor isaqulov, transformator

Spot, avvalroq, O‘zbekistondagi barcha mahallalar uchun energetik pasport joriy etilishi haqida yozgandi.