O‘zbekistonda dollar kursi uzluksiz ravishda ko’tarilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1,4 so‘mga qimmatlab, 8 181 so‘mni tashkil qildi.

Yevro esa 41,7 so‘mga pasayib, 9 427 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 3 so‘mga pasayib, 122 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.