“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK Tojikistonga 14 ta MAN samosvalini yetkazib beradi, deb yozadi “O'zavtosanoat” matbuot xizmati.

“Hamkorlik chegaralarini kengaytirish va xorijiy bozorlardagi mavqeini mustahkamlash maqsadlarida, „JV MAN Auto-Uzbekistan“ MCHJ QK Qog‘oziston, Tojikiston, Qirg‘iziston bozorlariga kirib borishda faol davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Tojikistondagi “Sinov mexanika zavodi” YOAJ bilan kompaniya umumiy qiymati 1 481 200 AQSH dollariga teng 14 dona MAN TGS 41.400 8×4 BB samosvalini yetkazib berish bo‘yicha kontrakt tuzdi.

Ushbu avtomobil-samosvallar ortdan to‘kiladigan 20 m³ hajmli kuzovga ega, yuk ko‘tarish qobiliyati — 28 tonna, qoya toshlar va yirik bo‘lakli materiallardan tashqari, inert materiallar (tuproq, shag‘al, qum, mayda tosh, asfalt-beton va sh. k.) tashishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Common Rail zamonaviy yoqilg‘i uzatish tizimili qudratli tejamkor D20 dvigateli, 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABSli barabanli tormoz, elektron nazorat tizimlari va qulay kunduzgi kabina bilan jihozlangan.