“Kristis” mashhur kimoshdi savdo uyi sun’iy intellekt yaratgan birinchi “san'at asari"ni sotdi, deb xabar berdi“The Verge” portali.
“Edmond Belami portreti” nomli surat 432 500 $ ga sotildi. “Durdona"ni sotish noodatiydek ko‘rindi, chunki kimoshdi savdo uyi suratlari sotuvining 252 yillik tarixi davomida robot yaratgan kartina sotilishi ilk bor uchramoqda.
Shu bilan birga lotning kutilgan qiymati 7−10 ming $ dan oshmaydi deb tahmin qilingan.
Asar uchta fransuz talabasidan iborat “Obvious” deb ataluvchi jamoa tomonidan yaratilgan neyrotarmoq tomonidan yozilgan. Sun’iy intellektni yaratish uchun ular generativ-tortishish tarmog‘ining (GAN) kompyuterni o‘rganish algoritmidan foydalanishgan (GAN).
Neyrotarmoq tarixiy shaxslarning portreti asosida suratga olishni o‘rgandi. Shundan so‘ng unga raqamli muhitda o‘z suratini yaratish vazifasi topshirildi.