Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishlashni boshladi. Bu yerda insonlar qo‘shnilar bilan o‘z tumani yangiliklarini muhokama qiladilar, e’lonlarni joylashtiradi, yaqin-atrofdagi qiziqarli hodisalar haqida bilib oladilar. Bungacha xizmat faqat Rossiyada Yandex.Tuman (Yandex.Rayon) nomi bilan faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Toshkent shahridagi 11 ta tumanning har birida foydalanuvchilar mahalliy yangiliklarni o‘qishi mumkin bo‘lgan hamjamiyatlar mavjud: masalan, ko‘chaning narigi yuzida do‘kon ochilishi, sport to‘garagiga tanlov yoki chiroq o‘rnatilishi haqida.

Hamjamiyatlarda insonlar bir-birlari bilan maslahatlashadilar va e’lonlar joylashtiradilar — narsalar sotadilar, ish qidiradilar, uy hayvonlarini boshqalarga beradilar. Repetitor, ishchi yoki enagalar qo‘shnilarga o‘z xizmatlarini taklif qilishlari, tadbirkorlar esa — chegirma, yangi tovar va xizmatlar haqida so‘zlab berishlari mumkin.

Tuman hokimliklari Yandex.Mahallada o‘zlarining rasmiy hisob qaydnomalarini yuritadilar, poytaxt hokimiyati qoshidagi Jamoat maslahati organi foydalanuvchilarga javob berish uchun ularni kuzatib boradilar. Endilikda Toshkent aholisining mahalliy muammolar haqida shahar hukumatiga murojaat qilishi va so‘rashi osonlashadi, masalan, yo‘l qachon ta’mirlanishi yoki bolalar bog‘chasi qachon ochilishi haqida.

“Toshkent Yandex.Tuman (Yandex.Rayon) Rossiyadan tashqarida ishlashni boshlagan birinchi shaharga aylandi. Xizmatni O‘zbekistonda ishga tushirish vaqtida biz birinchi navbatda mahalliy aholi ehtiyojlarini hisobga oldik: masalan, ham o‘zbek tilida, ham rus tilida yozish imkoniyatini qo‘shdik, shuningdek, maydonlarga mahalliy nomlarni berdik”, — deydi Yandex’ning O‘zbekistondagi hududiy direktori.

“Yandex.Tuman (Yandex.Rayon) xizmati ishlaydigan shaharlar aholisi turli savollarni muhokama qilishadi: Novosibirsk uylaridagi sovuq isitish batareyalarini, Sankt-Peterburgning asosiy kirishiga o‘rnatilgan axlat tuvaklarini, Krasnodarda ochilgan tarixiy hiyobonni yoki Moskva shahridagi munitsipial deputatlar ishini. Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qo‘shnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi”, — deydi Yandex.Tuman xizmati rahbari Tatyana Gorelik.

Yandex.Tuman (Yandex.Rayon) 2016-yilda paydo bo‘lgan va hozirda unda o‘ndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar. Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.