Hisordagi Belorussiya va Tojikiston qo’shma korxonasi O’zbekistonga 4 ta BELARUS-82.1 traktori va 4 ta uch g’ildirakli BELARUS-80Х traktorlardan iborat texnikaning birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda “Agronews” xabar berdi.

Kompaniya ushbu modeldagi traktorlarni O’zbekistonga yetkazib berishda davom etishni, hamda Afg’oniston va Pokistonga BELARUS-512 rusumli traktorlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Traktor va boshqa qishloq xo’jalik texnikalarini yig’ish bo’yicha Tojikiston-Belorussiya qo’shma korxonasining qurilishi 2016 yilda ishga tushirildi. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 2018 yil may oyida, ikkinchi bosqich esa sentyabr oyining oxirida ishga tushirildi.

2018 yil boshidan buyon korxonada 106 ta qishloq xo’jaligi texnikasi to’plandi, shu jumladan 84 ta Belarus-82,1 traktori, 10 ta Belarus-80X traktori, 10 ta prisepli BELARUS-512 traktori.