Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Acumen Education hamda MBU Capital kompaniyalarining delegatsiya a’zolari ta’lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun tashrif buyurdi.

Ta’kidlanishicha, Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalarini ko‘rib chiqilmoqda.