Ravon Yevropada biznes uyushmasining ma’lumotlariga ko’ra, sakkiz oy ketma-ket Rossiyada sotilmayabdi.
2019 yilning yanvarida kompaniya bitta avtomobilni sotmagan, chunki ular hali dilerlik markazlariga yetkazib berilmadi.
Kompaniyaning bozordagi ulushi 0% gacha tushdi, 2018 yilda esa 0,3%, 2017 yilda esa 0,9% tashkil etgan.
Kompaniya ulushining tushishi Rossiyadagi Ravon avtomobillarining oxirgi marta 2018 yilning may oyida sotilganligi bilan izohlanmoqda. So’nggi marta kompaniya tomonidan may oyida 508 dona avtomobil sotildi.
“O'zavtosanoat” vakillari bergan ma’lumotlariga ko’ra, avtomobillar Rossiya avtosalonlariga yetib kelgan, ammo ular xaridorlarga taklif qilinmayapti.
Ilgari Spot GM Uzbekistan nomini o’zgartirib, eksport hajmini oshirishi haqida xabar bergan edi. Kompaniya 2019 yilda eksport hajmini 118,6 million $ gacha oshirishni rejalashtirmoqda.