2019 yilning yanvar oyida Respublikada 13,2 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 mingtaga ko’pdir. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Natijada, faoliat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 46,6 mingta 16,1% ga o’sgan hamda ularning umumi soni 335,7 mingtani tashkil etgan.

2019 yilning 1 fevral holatiga 351,3 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5% ga o’sgan, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha jamiga nisbatan 23,2% savdo, 17,5% sanoat, 9% qurilish, 7,6% qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi, 6,2% yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 4% tashish va saqlash, 2,1% axborot va aloqa, 2% sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda, 28,4% boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Hududlar kesimida, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko’pi Toshkent shahri (71754 ta), Toshkent (32074 ta), Farg’ona (30307 ta), Andijon (28172 ta) va Samarqand (26114 ta) viloyatlari hissasiga to’gri keladi. Aksincha Sirdaryo (10608 ta), Navoiy (11455 ta) hamda Jizzax (14856 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.