Yandex Ads O‘zbekiston va Qozog‘istondagi marketing industriyasining amaldagi vakillari o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi. O‘zbekistondagi kompaniyalarning 69%i so‘nggi bir yil ichida marketing xarajatlari oshganini qayd etdi. Mutaxassislarning 71%i texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari yetishmasligini ta’kidlaydi, shu bilan birga 80%i sun’iy intellektdan har kuni foydalanadi.
Kimlar va qanday qilib marketingga investitsiyalarni oshirmoqda?
O‘zbekistonda eng tez o‘sayotgan yo‘nalishlar orasida birinchi o‘rinda performance-marketing turibdi — kompaniyalarning 61% natija uchun to‘lov qilinadigan ushbu kanalga investitsiyalarni oshirgan. Ikkinchi o‘rinda influencer-marketing, uchinchi o‘rinda esa prodakshn turibdi — ularni so‘rov ishtirokchilarining mos ravishda 37 va 36% tanlagan. Har uchinchi ishtirokchi Telegram messenjerida targ‘ibot byudjetlari oshganini qayd etgan.

Har ikki bozorda performance-marketing byudjetlarini oshirgan kompaniyalarning aksariyati Xizmatlar (75%), FMCG (71%), Riteyl (68%) va E-commerce (63%) sohalariga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekistonlik tadqiqot ishtirokchilarining 80% so‘nggi bir yil ichida mijozlarni jalb qilish qiymati oshganini ham ta’kidlaydi.
“Mijozni jalb qilish qiymati — dinamik ko‘rsatkich. U bozorda mijoz e’tibori va mablag‘i uchun kurash kuchayib borayotganini aks ettiradi. Inventar kengayishi va texnologiyalar rivoji bu omilni ayrim sohalarda muvozanatlashtirishga yordam beradi. Masalan, 2025-yilda Yandex Neuro Ads neyrotexnologiyalari reklama tizimi samaradorligini 38%ga oshirdi. Bu reklama beruvchilar targ‘ibot xarajatlari deyarli bir xil bo‘lgan holda ko‘proq maqsadli harakatlarga erishganini anglatadi. Biznes marketing investitsiyalarini optimallashtirish uchun yangi yondashuvlarni izlamoqda va sinab ko‘rmoqda. Shu sababli ayrim sohalarda odatiy ko‘rsatkichlarning biroz pasayishini ham kuzatish mumkin”, — deydi O‘zbekistonda Yandex Ads direktori Mansur Usmonov.
Qanday mutaxassislarga ehtiyoj bor?
Investitsiyalar o‘sishi biznes ichida ham, reklama beruvchilar va agentliklar tomonida ham bunday mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib kelmoqda. Marketingda eng yuqori talab performance-mutaxassislar, mahsulot marketologlari va tahlilchilarga qaratilgan.

Jamoalar uchun eng qiyini tahlilchilar, mahsulot marketologlari va digital-strateglarni topish bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, kompaniyalar ko‘pincha bozor kutgan talablar va mutaxassislar ko‘nikmalari o‘rtasida katta tafovut borligini qayd etadi: bu tendensiya kichik kompaniyalarda (64%) va yirik biznesda (59%) ayniqsa sezilarli.
Sun’iy intellekt marketologlarga nimada yordam beradi?
O‘zbekistondan so‘rovda qatnashganlarning aksariyati — 80% — o‘z ishida sun’iy intellektdan har kuni foydalanishini ta’kidlaydi. Texnologiyalar mutaxassislarga eng ko‘p kreativlar va matnlar tayyorlashda (74%), tahlilda (58%), hisobotlarda (55%) va tadqiqotlarda (54%) vaqt tejashga yordam beradi. Sun’iy intellektdan foydalanish kichik kompaniyalar va yirik biznesda yuqoriroq.
O‘zbekistonda respondentlarning 67% bozor o‘sishining asosiy omili sifatida sun’iy intellekt va avtomatlashtirishni tanlagan, 61% — marketingni shaxsiylashtirishni, 43% — kreativ formatlarni, 40% esa kommyuniti-marketingni qayd etgan. Asosiy drayverlar qatoriga mahsulot innovatsiyalari, ekotizimlar va marketpleyslar o‘sishi, shuningdek CRM-marketing yoki biznesning mavjud sodiq mijozlari bilan ishlash ham kiritilgan.
Reklama huquqlari asosida.