Toshkent viloyatining Zangiota qishlog‘ida temir yo‘l o‘tkazgichi qurilishi ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Qurilishni boshlash marosimida viloyat hokimi Zoir Mirzayev va davlat temir yo‘l kompaniyasi rahbari Zufar Narzullayev ishtirok etdi.

Yo‘l o‘tkazgich “Sobir Rahimov” (“Zangiota”) va “O‘rtaovul” stansiyalari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnini egallaydi. Uning uzunligi 23,6 metrni tashkil etadi.

O‘zbekiston temir yo‘llari mutaxassislarining fikricha, uning qurilishi mahalliy aholi uchun “ko‘p yillar davomida” kuzatilgan transport noqulayliklarini bartaraf etish imkonini beradi.

Ko‘prik foydalanishga topshirilgach, ushbu hududda transport oqimining uzluksiz harakati ta’minlanadi.

Avtomobil va temir yo‘llarining ajratilishi tirbandliklarni sezilarli darajada kamaytirib, haydovchilar uchun qulayliklarni oshirishi kutilmoqda.

temir yo'l, yo'l o'tkazgich, zangiota

Skrinshot: Google Maps

Xabarga ilova qilingan loyiha renderlariga ko‘ra, mazkur loyiha 4K744a (Kattabog‘ ko‘chasi) avtomobil yo‘lining Toshkent-Samarqand temiryo‘li bilan kesishgan joyida, “Zangiota” majmuasidan 500 metr masofada amalga oshiriladi. Bu yo‘nalish bo‘ylab, jumladan, Afrosiyob hamda Jaloliddin Manguberdi tezyurar poyezdlari ham qatnaydi.


Avvalrpq Spot Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlangani haqida yozgandi.