Bosh vazirning birinchi o’rinbosari — Transport vaziri Ochilboy Ramatov Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Bu haqda “O'zbekiston temir yo’llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish xususida muzokaralar olib borildi. Xususan, O’zbekiston delegatsiyasi rahbari joriy yilda 2018 yilga nisbatan O’zbekiston va Tatariston o’rtasidagi tovar aylanmasini 80%ga oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi:

“O'zbekistonning Rossiya bilan savdo hajmi 6 milliard $ dan ortiq bo’lsa-da, Tatariston bilan ushbu ko’rsatkichning kamida 10%ni tashkil etishi lozim” — dedi Ochilboy Ramatov.

2017 yilda O’zbekiston va Tatarston o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 80%ga, 2018 yilda esa — 57%ga ortib, qariyb 146 million $ ni tashkil etdi. O’zbekistondan Tatariston bozoriga kiyim-kechak, trikotaj va paxta eksport qilinadi. Tataristondan esa, yurtimizga qora metall, plastmassa, kauchuk va rezina mahsulotlari yetkazib berilmoqda.