8 apreldan 14 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,8 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 32% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 25% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyatining avto havaskorlari 18% ulush bilan joylashdi.

Keyingi o‘rin Samarqand viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 9% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 48% ga teng.

Ilgari Spot avtoraqamlar berishning soddalashtirilgan va korrupsiyasiz mexanizmini joriy etish taklif etilayotgani haqida xabar bergan edi.