“Hilton Hotels & Resorts” Toshkentdagi mehmonxonasi uchun xodimlarni ishga olishni boshladi. Bu haqda HeadHunter ma’lumotlari dalolat beradi.

Hozir kompaniya mehmonxona xizmatchisi, administrator va front-menejerni qidirmoqda. Barcha vakansiyalar ingliz tilida chop etilgan. Minimal ish staji — 1 yilva undan yuqori.

Xalqaro mehmonxona brendining O’zbekiston bozoriga chiqishi haqida Spot 2018 yil avgustida xabar berdi. Mehmonxona Tashkent City hududida ochilishi ma’lum bo’ldi.

Lot (№5) lardan biri Kongress zalini va 20 qavatli balandlikdagi Hilton brendining besh yulduzli mehmonxonasini qurishni ko’zda tutmoqda. Unda 5 ta toifadagi 250 xona mavjud bo’ladi. Mehmonxona maydoni 49 ming kvadrat metrni tashkil etadi.