“O‘zbеktеlеkom” AK yangi “Uz-IX” piring tarmog’ini ishga tushirmoqda, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

“Uz-IX” tarmog‘i — bu “O‘zbektelekom” AK boshqaruvidagi infratuzilma bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar (piring hamkorlari) bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri trafik almashish imkoniyatiga egalar.

Tarmoqning tashkil etilishi jahonda ommabop Internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarining arzonlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Piring tarmog‘ining ishtrokchisi Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha xizmatlar (Internet-provayderlar, mobil aloqa operatorlari), xosting xizmatlari (kontent provayderlari), mеdia-kontеntga ulanish xizmatlarini taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish va faoliyati uhun tegishli amaldagi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakat hududida Internet-trafikning mahalliylashtirilishi kamida 60%ni tashkil etadi. Mazkur loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish xalqaro Internet kanalni yuklab olishni optimallashtirish va Internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlashi imkonini beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kinolar, tеlеsеriallar va boshqalar ko‘rinishidagi sifatli, litsenziyalangan media kontentni taqdim etishga imkon beruvchi Rossiya “ivi.ru” (ivi.ru) MCHJ kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik media-kontent provayderlaridan biri bo‘lgan “O‘zbektelekom” AK bilan qo‘shma loyihasi tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi.

“Uz-IX” yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amal qilib turgan “TAS-IX” piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rniga yaratilmadi. “O‘zbektelekom” AK avvalgidek “TAS-IX” NNT a’zosi va MUTO‘HM almashuv punkti foydalanuvchisidir.