Markaziy bank va Visa xalqaro to‘lov texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar, xabar beradi MB matbuot xizmati.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini birgalikda yaratish, yangi raqamli to‘lov mahsulotlarini joriy etish yo‘li bilan elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish va raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishadi.
Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo subyektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirish bo’yicha ham kelishuvga erishildi.
Hamkorlik doirasida mahalliy banklar bilan mobil va elektron to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun karta hisob raqamlarini belgilashni (tokenlashtirish) joriy etish, shuningdek, xatarlar va firibgarlik operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilmoqda.
Visa O’zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi
Markaziy bank va Visa O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Foto: Markaziy bank
«Spot»
- 814
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 21:30 Energetika
BAA 1-maydan OPEK va OPEK+ dan chiqishini e’lon qildi
Mamlakat Eron bilan urush fonida neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloi tarkibidan chiqishga qaror qilgan.
Bugun, 20:04 Iqtisodiyot
Bank kartalari va kripto-hamyon ma‘lumotlarini berish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Kiberjinoyat qurbonlari uchun profilaktikani kuchaytirish va reabilitatsiyani joriy etish rejalashtirilgan.
Bugun, 19:10 Texnologiyalar
Samsung o‘zining aqlli ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda
Qurilma Snapdragon AR1 protsessori, 12 megapikselli kamerasi va 155 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.
Bugun, 19:07 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan ayrim shaxslar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi
Bolalar uchun erta aralashuv xizmati ishga tushiriladi, kattalar uchun esa oilaviy muhitga yaqin ijtimoiy xizmatlar tashkil etiladi.
Bugun, 17:57 Transport
Farg‘ona aeroportining yangi terminali soatiga 1200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallanadi
Prezident uni qurish va boshqarishga xalqaro operatorni jalb etishni topshirdi.
Bugun, 16:52 Iqtisodiyot
Farg‘ona viloyatida 2026-yili eksport $2 mlrdga yetkaziladi
Meva-sabzavot eksportidan tushgan tushum $400 mlnni, turizm xizmatlaridan esa $185 mlnni tashkil etdi.
Bugun, 16:07 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 43,76 so‘mga pasayib, 12 029,2 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:01 Startaplar
Farg‘onadagi IT-parkda sunʼiy intellekt xabi tashkil etiladi
Yangi parkda 700 ta yangi ish o‘rnini yaratish, rezidentlar sonini 200 nafarga, eksportni esa $30 mlnga yetkazish rejalashtirilgan.