MasterCard Milliy banklararo protsessing markazi bilan hamkorlikda O’zbekistondagi jamoat transporti uchun naqd pulsiz to’lov tizimini joriy etadi. Tomonlar 13 may kuni tegishli kelishuvni imzoladilar, xabar beradi Spot muxbiri.

Loyiha birinchi navbatda Toshkent metropolitenini qamrab oladi. Yaqin kelajakda har bir stansiyada kamida bitta turniket kontaktsiz to’lov funksiyasini qo’llab-quvvatlovchi maxsus qurilma bilan jihozlanadi.

MBPM loyihaga qiziqish bildirgan metropoliten rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. To’lov birgina tegish orqali amalga oshiriladi, yo’lovchiga kontaktsiz kredit karta bilan turniketga tegishi kifoya qiladi:

“Humo tizimi doirasida bizda aloqa qilmasdan to’lashga imkon beruvchi texnologiyalar mavjud. Bu avtomatik to’lovni joriy etishni osonlashtiradi, chunki alohida kartani chiqarishga hojat bo’lmaydi. Odamlar kassaga borishga, navbatma-navbat turib jeton sotib olishga majbur bo’lmaydilar — turniket orqali darhol to’lash mumkin bo’ladi”, — dedi Spot’ga bergan intervyusida MBPM direktori Shuhrat Qurbonov.

Shartnomaning bir qismi sifatida, MasterCard turli xil shaharlarda bunday tizimlarni amalga oshirishdagi texnologiyalari va tajribasi bilan almashadi. MasterCard transport bo’yicha yechimlari dunyoning 150 ta shaharlarida qo’llaniladi: Londondan Singapurga, Bogotadan Nyu-Yorkgacha.

“Turniketlar [O'zbekistonda] eng zamonaviylaridan emas. Ammo bizda Sankt-Peterburg, Kiyev va Moskvada shunga o’xshash loyihalarni amalga oshirganlik tajribasi bor. Turniketlar, hatto 70-yillar ham bor edi. Lekin biz zamonaviy texnologiyalarni nodir qurilmalarga integratsiyalashga muvaffaq bo’ldik. Shuning uchun bu masalani tushunish mumkin. Umuman olganda biz Markaziy bankning o’zaro hamkorlik qilishga ochiqligini, tayyorligini ko’rmoqdamiz. Bu biz uchun juda muhimdir”, — dedi Gurjiston va Markaziy Osiyodagi MasterCard mintaqaviy direktori Igor Stepanov.

Qayd etilishicha, infratuzilma faqat Humo va MasterCard uchun emas, balki Visa, UnionPay va boshqa to’lov tizimlari uchun ham mavjud bo’ladi. Buning uchun kompaniya kontaktsiz interfeysga ega bo’lishi va Humo tizimi bilan integratsiyalashishi kerak.

Bundan tashqari, mazkur yechim yo’lovchi tashish faoliyatini o’rganishda transport kompaniyalari uchun foydali bo’ladi. Protsessing tizimi yo’lovchi ko’p yo’nalishlar bo’yicha statistika yig’ishga, tig’iz soatlarni aniqlashga, mablag’lar oqimini kuzatishga imkon beradi.

MasterCard bilan tuzilgan shartnoma nafaqat metro, balki respublikaning boshqa transport vositalarini ham qamrab oladi.

Jamoat transportida elektron to’lov tizimini joriy etishga urinishlar 2010 yildan beri amalga oshirilmoqda. Shu vaqt mobaynida bir necha variant taklif qilindi va bir qator prototiplar ishlab chiqildi, biroq ularning hech biri keng tarqalmagan.