Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qio’mitasi matbuot xizmati.

Chiroqchi tumanidagi “Gissar Effect” MCHJda joriy yil dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi.

Tarvuzlar Qozog‘istonga eksport qilindi. Kelgusida esa, 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakat bo‘ylab yetishtirilayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorij mamlakatlari orasida mashhur. Viloyat bo‘ylab eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalar sonini ortib, aholiga ish o’rinlari taqdim etilmoqda.