Spot 2019 yil iyun oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

2019 yil yanvaridan boshlab so’mning depozitlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi ikki foizga oshdi: 18%dan 20%gacha.

Nashr etilgan paytda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan 29 bankning 27 tasi omonatlarni so’mda taklif qilmoqda. Shu bilan birga, 22 bank 20%dan kam bo’lmagan daromadli depozitlarni taklif qiladi.

Omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavkasi yil boshidan buyon o’zgarmadi va yiliga 22% darajasida qoldi. Biroq yanvar oyida eng daromadli depozit “Kapitalbank” tomonidan taklif qilingan bo’lsa, iyun oyida olti oy mobaynida foiz stavkasi qariyb 2,5 barobarga — 9%dan 22%ga oshgan Universalbank tomonidan berilmoqda.

Ravnaq Bank (16% dan 21% gacha), Ziraat Bank Uzbekistan (16% dan 20% gacha), HTB (15% dan 21% gacha)da ham milliy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz ko’paygan.

Depozit uchun pul mablag’lari naqd yoki plastik kartadan qabul qilinadi. To’lovning minimal miqdori asosan 1 mln so’mni tashkil etadi, lekin u 5, 10 va hatto 20 mln.gacha yetishi mumkin.

Foizlar har oy naqd pulda to’lanadi yoki pul omonatchining plastik kartasiga tushadi. Yuqori daromadli depozitlar asosan bankda bir, ikki yoki uch yilga joylashtiriladi.

Ba’zi hollarda, agar mijoz pulni muddatidan oldin yopishga qaror qilsa ham, bank foizlarni to’lashga tayyor (stavka bir necha marta qisqarishi mumkin).

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

Bank nomi

Foiz

Muddat

Minimal miqdor

“Agrobank”

20%

25 oy

1 mln

Asia Alliance Bank

21%

25 oy

-

“Aloqabank”

20%

25 oy

5 mln

“Davr-bank”

20%

13 oy

500 ming

InFinBank

20%

1 yil

1 mln

“Ipak yo’li bank”

18%

13 oy

1 mln

“Ipoteka-bank”

19%

25 oy

-

“Kapitalbank”

21%

25 oy

500 ming

“Qishloq qurilish bank”

21%

25 oydan

-

“Orient Finans” bank

20%

3 yil

10 mln

“Trastbank”

20%

3 yil

1 mln

“Turkistonbank”

20%

13 oy

20 mln

“Turonbank”

21%

3 yil

-

“Xalq banki”

21%

25 oy

500 ming

НаmkorBank

17%

13 oy

1 mln

“Mikrokreditbank”

20%

1 год

5 mln

“O'zmilliybank”

21%

1,5 yil

1 mln

“O‘zsanoatqurilishbank”

20%

2 yil

2 mln

Madad Invest Bank

20%

25 oy

-

UzAgroExport bank

17−20%

6−36 oy

-

Universalbank

22%

25 oy

5 mln

Hi-Tech-Bank

21%

1 yil

1 mln

“Savdogarbank”

15%

1 yil

-

KDB Bank

-

-


RAVNAQ-BANK

21%

3 yil

-

“Аsaka”

18%

1,5 yil

-

Ziraat Bank Uzbekistan

20%

25 oy

10 mln

“Potaxtbank”

21%

25 oy

-

Saderat Bank Tashkent

-

-

-