Toshkent viloyatida davlatga tegishli bo‘lgan yerni $400 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.
1987-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining tanishlari bo‘lgan 1983 va 1990-yilda tug‘ilgan sheriklari bilan birgalikda firibgarlikni reja qiladi.
Ular Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida joylashgan, o‘zlari chorvachilik uchun foydalanib kelayotgan davlatga tegishli bo‘lgan yerlarni mijozni aldab, sotmoqchi bo‘ladi.
Jinoiy sheriklar yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali yer oldi-sotdi shartnomalarini hujjatlashtirib berish evaziga bir sotix yerni taxminan $1000 evaziga sotishni maqsad qiladi.
Ular mijozga jami 4 gektar yerni umumiy hisobda $400 mingga sotishga kelishadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumonlanuvchilar belgilangan pullardan $20 mingni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy sheriklarga nisbatan 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Spot, avvalroq, Toshkentda 1,5 gektar yer evaziga $750 ming talab qilgan fuqaro ushlangani haqida yozgandi.