Xiaomi g’ayrioddiy smartfon patenti uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga talabnoma topshirdi.

Qurilmaning asosiy xususiyati — quyosh batareyasi o’rnatilganligidadir. U smartfon orqa panelining deyarli barcha qismini egallaydi, biroq, bu gadjetning qalinligiga ta’sir qilmaydi: sxematik rasmlarga ko’ra, asosiy kamera moduli batareyadan ham qalinroq:

Smartfonning asosiy kamerasi ikkitalik. Old kamera bu yerda ko’rinmaydi: u siljiydigan yoki ekran ostida yashirilgan deb taxmin qilish mumkin.

Yupqa romli displey smartfon old qismining deyarli butun maydonini egallaydi. Barmoq izlari skaneri displeyga o’rnatilgan.

Bu shunchaki patent, kompaniya g’oyani hayotga tatbiq etishi va dunyodagi birinchi quyosh batareyasi bilan ishlaydigan smartfonni chiqarishga qaror qiladimi yoki yo’qmi hozircha noma’lum.