Dollar kursi O’zbekiston banklarida tobora keskin — kamida 200 so’mga ko’tarilmoqda.

20 avgust kuni dollar banklarda 9,450 so‘mdan sotilib, 9,200 — 9,350 so‘mdan olina boshlandi. Shuningdek, 20 avgustdan O’zbekiston banklari tomonidan naqd valyuta sotish boshlandi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi.

O’tgan haftada dollar kursi 179 so’mga ko‘tarilib, 9 061 so‘mni tashkil qildi.

Amerika valyutasi birjada ham o’sib bormoqda. 19 avgust kuni O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar natijasida dollar 9129 so‘mni tashkil etdi. Savdo hajmi 94 mln $ga tushdi.