Toshkentdagi xonadonlardan birida noqonuniy GSM-shlyuz o‘rnatilganligi aniqlandi, xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Yunusobod tumanida 30 yoshli fuqaro uyida GSM-shlyuzni o‘rnatib, yashirin Xalqaro so‘zlashuv shoxobchasini ochgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 2787 moddasi (“Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Unga ko‘ra telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.