Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘an mamlakatning yangi rezidentlari uchun xorijiy daromadlardan olinadigan soliqlarni 20 yilga nolga tushirishni taklif qildi.

Hozircha taklif faqat og‘zaki bildirilgan — qonun loyihalari paketi hali parlamentga kiritilmagan, deb yozadi Imi Daily nashri.

Qayd etilishicha, bu qachon yuz berishi noma’lum. Yakuniy shartlar hujjatlarda qayd etiladi.

Taklifga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida Turkiyaning soliq rezidenti bo‘lmagan shaxslar mamlakatga ko‘chib o‘tib, 20 yil mobaynida xorijiy manbalardan olingan daromadlari uchun soliq to‘lamasliklari mumkin.

Mamlakat ichidagi daromadlarga standart stavka bo‘yicha soliq solinadi — u daromad miqdoriga qarab, 15% dan 40% gacha bo‘lgan progressiv shkala asosida hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, meros va hadya solig‘i 1% ni tashkil qiladi, vaholanki odatda bu stavka 30% gacha yetishi mumkin.

Chet eldan olingan daromadlarni fuqarolik olishga qo‘shimcha ravishda 20 yilga soliqdan ozod qilishning joriy etilishi Turkiyada investitsiyalar evaziga fuqarolik berish dasturiga (CBI) shu paytgacha yetishmayotgan fiskal jihatni qo‘shishi mumkin.

Taklif etilayotgan imtiyozlar belgilangan mezonlarga javob beradigan yangi immigrantlar uchun ushbu cheklovni butunlay bekor qiladi.


Avvalroq Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron ish vizasi joriy etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tomonlar noqonuniy muhojirlar bo‘yicha yagona elektron bazani ishlab chiqadi, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari esa ularni vataniga qaytaradi.