26-noyabrdan barcha Humans savdo nuqtalarida terminallar paydo bo’ladi, u yerda naqd pul bilan Humans hisobini to’ldirish mumkin bo’ladi.

Barcha Humans ofislari ko’rsatiladigan doim yangilanib turadigan xarita mavjud.

Humans hisobini to’ldirish bo’yicha qo’llanma

5-noyabrdan boshlab uch kun davomida Humans o’zining barcha mijozlarini mobil aloqa xizmatlarini taqdim etishning pulli shartlariga o’tkazdi.

Aloqa o’chib qolmasligi uchun hisobni oldindan to’ldirib qo’yish kerak. Balansni Humans sayti yoki mobil ilovasi orqali to’ldirish mumkin. Buning uchun:

  1. HUMANS.uz ilovasining oxirgi versiyasini yuklab oling.
  2. SIM-kartani o’rnating va uni akkauntingizga ulang. Agar siz yangi foydalanuvchi bo’lsangiz, o’zingizga akkaunt yarating.
  3. Asosiy sahifada “Hisobni to’ldirish” tugmachasini bosing.
  4. Telefon raqamingiz ekranda avtomatik ravishda paydo bo’ladi.
  5. Hisobingizni to’ldirish uchun kerakli summani kiriting. Noyob xizmatlar paketingiz bo’yicha to’lov miqdorini aloqa konstruktorining sahifasida hisoblab chiqishingiz mumkin.
  6. To’lash uchun karta turini tanlang.
  7. Karta ma’lumotlarini kiriting va to’lovni amalga oshiring. Ushbu operatsiya uchun komissiya miqdori 0 foizni tashkil qiladi.
  8. Sizga hisobingiz to’ldirilgani haqida SMS-xabar yuboriladi.