Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: bir qator banklar avtokreditlar berishni to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi, foiz stavkalari oshirildi.

Foiz stavkalari baland bo‘lsa-da, aholining avtokreditga bo‘lgan ehtiyoji ham yuqoriligicha qolmoqda. Spot 2021-yilning yanvar oyi holatiga ko’ra O’zbekiston banklaridagi avtokredit foizlari bo’yicha ma’lumot to’pladi.

Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

"ALOQABANK"

Kredit 12 oy muddatga taqdim etiladi. Yillik foiz stavkasi 26% ni tashkil qiladi. Boshlang’ich to’lov kredit summasining 50 foizi miqdori etib belgilangan.

“Asia Alliance Bank”

Kredit 26% miqdorida boshlang‘ich badal to’lanishi sharti bilan avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 70% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi. Kredit muddati 36 oy deb belgilangan.

“Ziraat Bank”

Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi — kredit muddatidan kelib chiqib belgilanadi:

1−12 oy — 20%;

13−24 oy — 21%;

25−36 oy — 22%;

“Ipak Yo‘li” banki

Kreditni 48 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 36%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 26,9%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.

“InfinBANK”

Kredit 24 oygacha muddatga beriladi, foiz stavkasi 26,99%ni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi.

“Davrbank”

Kreditlar 35 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov +20%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 23%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.

“Kapital Bank”

Boshlang’ich to’lov miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi. Kreditlar 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi — 23%ni tashkil etadi.

“O'zmilliybank”

Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi 3 oylik imtiyozli davrga qarab 23,22,24 foiz miqdorida belgilanadi. Kreditning maksimal miqdori 500 million so’mni tashkil qiladi.

“MIKROKREDITBANK”

Kredit muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Kredit summasi avtotransport vositasining 100% miqdorida taqdim etiladi. Boshlang‘ich to‘lov avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Foiz stavkasi:

  • 12 oygacha — yillik 23 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
  • 24 oygacha — yillik 24 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
  • 36 oygacha — yillik 25 foizdan kam bo`lmagan miqdorda.

“Orient Finans” bank

Avtokreditlar 450 mlndan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 3 yilgacha muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 30% bo‘lsa, stavkasi 26,9%, 40% bo’lganda — 25,9% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Kredit 36 oygacha beriladi. Miqdori — EKIHning 1000 barobarigacha. Minimal boshlang‘ich to‘lov va foiz stavkasi 30%ni tashkil etadi. Yillik foiz stavkasi : 24 oygacha — yillik 26%, 36 oygacha — yillik 28% ni tashkil etadi.

“Turonbank”

Kreditlar 36 oygacha muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 23%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.

Trastbank, Universalbank, Asakabank, Qishloqqurilishbank, IpotekaBank, O‘zsanoatqurilishbanklarda avtokredit vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Aksariyat tijorat banklarida avtokreditlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchun avtosalon shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi va kredit oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, “salbiy” kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.