Birinchi chorakda O‘zbekiston banklari qancha sof foyda oldi?

Eng yuqori foyda ko‘rsatgan bank — Ipoteka-bank bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank va Xalq banki egalladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Farruh va Konsta: musofirlikdagi tanishuvdan oyiga 700 mln aylanmalik manti biznesigacha

Spot bu safar hammuassislar bilan biznesning yaratilish tarixi, yo‘l qo‘yilgan xatolar va milliy taomlar bozoridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Vengriyada grant asosida ta’lim olayotgan Abbos Samandarov hikoyasi

U Spot’ga dunyoning top-250 taligiga kiruvchi universitetlar taklifini nima sababdan rad etgani, Stipendium Hungaricum grantini qo‘lga kiritish sirlari hamda IT yo‘nalishidagi murakkab saralash bosqichlari haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


UzNIF IPOsida qanday ishtirok etish va aksiyalarni qanday sotib olish mumkin?

O‘zbekiston milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsi boshlandi — bu mahalliy bozordagi eng yirik joylashtirishlardan biri. Spot jamg‘arma aynan nima sotayotgani, jarayon qanday ishlashi va aksiyalarni sotib olish uchun qanday ariza topshirish mumkinligini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Jaloliddin Manguberdi poyezdi Toshkentdan Xivaga ilk qatnovini amalga oshirdi.
    Tarkib 7 vagonli va 389 o‘rinli bo‘lib, shaharlar o‘rtasida haftasiga uch marta qatnab, 1220 km masofani 7,5 soatda bosib o‘tadi.
  2. Toshkentning yangi aeroporti qurilishi iyun oyida boshlanadi — transport vaziri o‘rinbosari.
    May oyi o‘rtalarida DXSh to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi kutilmoqda. “Biz yakuniy bosqichdamiz”, — dedi Choriyev.
  3. Endi biznes peshlavhalari reklama sifatida baholanmaydi hamda ruxsatnomalar bekor qilinadi.
    Shuningdek, reklama va axborot belgilarini joylashtirish bo‘yicha talablarni bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
  4. Fuqarolarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun komissiya undirilmaydi.
    Shuningdek, operatsiyalar bo‘yicha keladigan SMS-xabarnomalar narxini qayta ko‘rib chiqib, muqobil yechimlarni berish taklif etildi. Keshbek qaytarish esa tezlashtiriladi.
  5. 1-iyuldan xususiy klinikalar budjet hisobidan xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
    2027-yil may oyidan boshlab ularga akkreditatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda transplantatsiya o‘tkazishga ham ruxsat beriladi.
  6. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsiga talab taklifdan uch baravar oshdi.
    Ortiqcha talab yuzaga kelganida, 200 mln so‘mgacha bo‘lgan arizalar bilan qatnashgan chakana investorlarga ustunlik beriladi. Franklin Templeton IPO yuzasidan izoh bermayapti.
  7. Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi, jarimalar esa kamaytiriladi.
    Ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar va importyorlar uchun sanksiyalar yengillashtiriladi, umumiy ovqatlanish hamda savdo korxonalari uchun esa jarimalar qat’iy summada belgilanadi.
  8. O‘zbekiston Kaspiy dengizida paromlarni ijaraga yoki sotib olishni ko‘rib chiqmoqda — ISSV.
    Bu yo‘nalishda “katta to‘rtlik” kompaniyalari va mahalliy transport operatorlari bilan ish olib borilmoqda.
  9. O‘zbekistonda kafe va restoranlar uchun QQSni qaytarish soddalashtiriladi.
    Umumiy ovqatlanish korxonalari naqd pulsiz to‘lovlar ulushidan qat’i nazar, to‘langan QQSning 40%ini qaytarib olishlari mumkin.
  10. Toshkentdagi biznesga dizayn-kodga moslashish uchun o‘tish davri beriladi.
    Prezidentga bir qator biznes toifalari, jumladan, peshlavhalar uchun reklama joyi pasportini olish talabini bekor qilish taklif qilindi.
  11. O‘zbekiston 2026-yilda JSTning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi kerak — Mirziyoyev.
    Prezident oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va savdoni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi yangi qonunlarni ko‘rib chiqdi.
  12. SES Wendy’s sanitariya talablarini buzganini ma’lum qildi, kompaniya esa ularni rad etdi.
    Renessans TV Wendy’s haqidagi nazorat lavhasini efirga uzatdi. Kompaniya ayblovlarni rad etib, SES xulosalarini e’lon qildi, tarmoq rahbari esa brendga nisbatan “ta'qib” bo‘layotganini bildirdi.
  13. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana o‘sib, $71 mlrdga yetdi.
    Mart oyidagi pasayishdan so‘ng xalqaro zaxiralar $1,9 mlrdga ko‘paydi. Markaziy bank esa so‘nggi yetti oy ichida ilk bor oltin sotdi.
  14. Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank‘ning 51% ulushini sotib oladi.
    Ruxsatnomalar olingach, Davr Bank ABB xalqaro brendi ostida qayta faoliyat boshlashi kutilmoqda.
  15. Banklardan $500 gacha valyutani pasportsiz xarid qilishga ruxsat berildi.
    Hozirgi limit $100 ni tashkil etadi, o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.