Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistondagi banklarning sof foydasi 5,52 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 61,6% ga ko‘p.

1-aprel holatiga jami 34 ta bankdan uchtasi sof foydasini 300 mlrd so‘mdan oshirgan bo‘lsa, o‘tgan yilning xuddi shu davrini zarar bilan yakunlagan Ipoteka-bank eng ko‘p sof foydaga chiqqan bank bo‘ldi — 846,4 mlrd so‘m.

Shu paytgacha ushbu reytingda yetakchilikni saqlab kelayotgan O‘zmilliybank esa 603,2 mlrd so‘m bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Kuchli uchlikni 550,04 mlrd so‘m bilan O‘zsanoatqurilishbank yakunladi.

Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, bu esa sof bozor sharoitida ularning daromadliligini xolis baholashni qiyinlashtiradi.

Quyidagi 6 ta bank sof foydasini 300 mlrd so‘mdan oshirgan:

Navbatdagi 11 ta bank 100 mlrd so‘mdan 300 mlrd so‘mgacha sof foyda olgan:

Keyingi 12 ta bank 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha sof foyda ko‘rdi:

4 ta bank 10 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

Faqat bitta bank birinchi chorakni zarar bilan yakunladi. Yanvar-mart oylarida AVO bank ko‘rgan zarari 2,97 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Spot 2026-yil aprel oyi bo‘yicha dollardagi eng daromadli omonatlar haqida yozgan edi.