E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Hozirda mavjud 34 ta bankdan 26 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular 6 oydan uch yilgacha saqlanadi.
Oflayn omonat ochish uchun minimal miqdor $10 ni, onlayn omonat uchun esa $50 ni tashkil etadi. Dastlabki badalning o‘rtacha miqdori — $100. Biroq, Garant Bankda minimal omonat miqdori ancha yuqori — $5000.
Aksariyat banklarda omonatni muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati mavjud. Biroq, bunday holatlarda hisoblangan foizlar yillik atigi 1−2% stavkadan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi yoki omonatning umumiy summasidan ushlab qolinadi.
Maqola chop etilgan vaqtda chet el valyutasidagi omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni Garant Bank (13 oy) va Hayot Bank (18 oy) taklif etmoqda — yillik 8%. Davrbank va Universalbank va APEX BANKda esa 7,5% dan taklif qilmoqda.
Agrobank va TBC Bankda foiz stavkalari omonat ochish muddati va turiga bog‘liq.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa | Muddatiy (oy) | Ochish usuli | To‘ldirish | Qisman yechib olish |
| 8% | $5000 | 13 | oflayn | 3 oygacha | Yo‘q | |
| Hayot Bank | 8% | $100 | 18 | onlayn/oflayn | Bor | Bor, $100 qoldiq bilan |
7,5% | $200 | 18 | oflayn | 12 oygacha | Yo‘q | |
7,5% | $100 | 25 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
| APEX BANK | 7,5% | $500 | 24 | onlayn/oflayn | + | Bor, $500 qoldiq bilan |
7% | $1000 | 24 | oflayn | 12 oygacha | Bor, $1000 qoldiq bilan | |
6−7% | $100 | 13−24 | onlayn/oflayn | Yo‘q | Yo‘q | |
| Infin Bank | 6,5% | $1000 | 24 | onlayn/oflayn | Bor | Bor |
6,5% | $100 | 24 | onlayn | Bor | Bor | |
| Poytaxtbank | 6% | $500 | 12 | oflayn | Yo‘q | Bor |
| Anorbank | 6% | $1000 | 24 | onlayn | Yo‘q | Yo‘q |
| 6% | $1000 | 15 | oflayn | Bor | Bor | |
| Asakabank | 6% | $30 | 30 | onlayn | Bor | Bor |
| Asia Alliance Bank | 6% | $1000 | 395 kun | oflayn | Yo‘q | Yo‘q |
6% | $100 | 13 | onlayn/oflayn | Bor | Bor, $100 qoldiq bilan | |
| Ipak yuli banki | 6% | $1000 | 24 | oflayn | Yo‘q | Yo‘q |
| Mikrokreditbank | 5% | $1000 | 24 | oflayn | Bor | Yo‘q |
| TBC Bank* | 3−5% | $1000 | 24 | onlayn | Bor | Yo‘q |
5% | $500 | 24 | oflayn | Yo‘q | Yo‘q | |
| O‘zsanoatqurilishbank | 5% | $500 | 18 | onlayn/oflayn | Yo‘q | Yo‘q |
3,25−5% | $50 | 3−18 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q | |
4,5% | $10 | 18 | oflayn | Bor | Yo‘q | |
| Tenge Bank | 4% | $100 | 6 | onlayn/oflayn | Bor | Yo‘q |
4% | $500 | 36 | onlayn/oflayn | Bor | Bor | |
| Turonbank | 3% | $100 | 18 | onlayn/oflayn | Bor | Bor |
3% | $1000 | 500 kun | onlayn | Yo‘q | Yo‘q |
* — foiz stavkalari omonat muddati va turiga bog‘liq