Amazon kompaniyasi xavfsizlikni oshirish maqsadida yetkazib berish haydovchilarini transport vositalarida sun’iy intellekt kameralarini sinovdan o’tkazishni boshladi, deb yozadi CNBC.
Nashrning ta’kidlashicha, kompaniya mikroavtobuslarga kameralarni o’rnatgan, ularni Partner Service Delivery dasturida ishtirok etgan haydovchilar ijaraga olgan.
Amazon Qualcomm kompaniyasining ikki sobiq katta xodimlari tomonidan 2015-yilda tashkil etilgan Netradyne startapi tomonidan yaratilgan kameradan foydalanadi. Kamera Driveri deb nomlangan bo’lib — unda yo’lni, haydovchini va avtomobilning butun ichki qismini qamrab oladigan to’rtta obyektivi mavjud.
Kameralar 16 xil xavfsizlik muammolarini, shu jumladan, diqqat chalg’ishi, tezlikni oshirish, keskin tormoz bosish va hatto haydovchi esnaganini ham ilg’ay oladi.
Xavfsizlik buzilgan taqdirda, kamera — “xavfsiz masofani saqlang”, “iltimos, tezlikni pasaytiring” kabi ovozli ogohlantirish beradi. Agar haydovchi o’zini “xavfli” tutishda davom etsa, kamera videoni Amazon uchun mavjud bo’lgan maxsus serverga yuklaydi.
Amazon kameralarning jonli tasvirlarini real jarayon davomida ko’rib chiqa olmasligini ta’kidlamoqda. Ammo ba’zi hollarda kompaniya to’g’ridan-to'g'ri haydovchiga murojaat qilishi mumkin. Masalan, agar u esnasa, kamera haydovchini dam olish uchun 15 daqiqa to’xtashini so’raydi. Agar haydovchi yana davom etsa, unga kompaniya tomonidan to’xtash bo’yicha xabar kelishi mumkin.