Namangan shahrining Davlatobod tumanida kutubxona ochilib, uning tarkibida “Raqamli kutubxona” faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Uni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park hamda soha korxona va tashkilotlari mutaxassislari qatnashishdi.
Respublikadagi barcha IT-markazlar ushbu “Raqamli kutubxona"ga bog‘lanib, bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Yangi kutubxonada 30 mingta kitob bo‘lsa, “Raqamli kutubxona” orqali kitobxonlarga 10 millionta kitobni mutolaa qilish imkoniyati yaratilgan.