Byurokratiyaning oldini olish va fuqarolar vaqtini tejash maqsadida hujjatlarni elektron tarzda olishda ko’mak beruvchi yagona hukumat portali 2017-yildan buyon ishlab kelmoqda.

Undan foydalanishda qiyinchiliklar ham uchrab turibdi. Spot “Yo'riqnoma” rukni ostida elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ko’rsatma berib boradi.

INPS — jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi raqamini aniqlash

Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini aniqlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu pasportdagi 14 ta raqam bilan bir xil bo’ladi.

PIN FL- bu fuqaroga berilgan “maxfiy” raqamlar to’plamidir. Unga qarab fuqaroning tug’ilgan yili, jinsi, tug’ilgan joyi, tartib va nazorat raqamini bilsa bo’ladi. Eng qizig’i bu raqam umuman o’zgarmaydi.

INPS ni olish uchun davlat xizmatlari agentligiga yoki Xalq bankining filiallariga ham murojaat qilish mumkin.

Elektron tarzda esa http://cabinet.xb.uz:82/uz havolasi orqali pasport raqami va PIN FL ni tergan holda hujjatni olish mumkin.

Agar INPS hali ochilmagan bo’lsa davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilish yoki https://my.gov.uz/uz/open-inps/passport manzili orqali ariza berish mumkin.

STIR (INN) — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini aniqlash

STIRni aniqlash ancha osonroq. Buning uchun my.soliq.uz havolasi orqali kirib pasport raqami va nazorat raqamini kiritsa yetadi. Undan tashqari elektron hukumat yagona interaktiv portali my.gov.uz orqali xuddi shu ma’lumotlarni kiritgan holda olish mumkin.

Agar STIR hali ochilmagan bo’lsa yagona darcha yoki my.soliq.uz sayti orqali amalga oshirish mumkin.

**Spot hafta davomida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ma’lumot berib boradi.