2021- yilning yanvar-mart holatiga ko’ra aholi umumiy daromadlari 95,4 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 2,8 mln. so`mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

2021- yilning yanvar-mart oylarida (uch oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (6 341,4 ming so‘m) hamda Navoiy (4 526,8 ming so‘m), Buxoro (3 157,4 ming so‘m), Toshkent (3 144,7 ming so‘m) va Xorazm (2 810,7 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Namangan (1 985,7 ming s‘om), Farg‘ona (2 051,4 ming so‘m) va Surxondaryo (2 072,3 ming s‘om) viloyatlarida qayd etildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Samarqand (110,7%) va Xorazm viloyatlariga (111,2%) to`g`ri keladi.

Shu bilan birga Toshkent (7,4%), Surxondaryo (6,9%), Jizzax (6,8%), Navoiy (5,9%), Farg‘ona (5,0%), Sirdaryo (4,7%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (3,4%) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.

Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 66,1% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 27,7% ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.