O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

15-apreldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 141,38 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 15 so‘m 28 tiyinga oshdi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

14-aprel kuni banklarda AQSH dollarining sotuv kursi 12 140−12 230 so‘m oralig‘ida shakllandi. Eng maqbul taklifni birdaniga uchta bank — Aloqabank, Octobank hamda Tenge bank bildirgan. Dollarni eng yuqori narxda InfinBank 12 125 so‘mdan sotib olmoqda.

2026-yilning yanvar-mart oylarida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz qadrsizlandi. Mart oyida milliy valyuta 74,14 so‘mga yoki 0,61% ga arzonlashib, kurs 12 210,71 so‘mni tashkil etdi.

Oyning birinchi yarmida so‘m mustahkamlangan bo‘lsa, ikkinchi yarmida deyarli har bir savdo sessiyasida dollar qimmatlashdi. Mart oxirida tijorat banklarida dollar kursi 12,2 ming so‘mdan yuqori darajada saqlanib qoldi.

Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $8 mlrddan ko‘proqqa kamaygani haqida yozgan edi.