Facebook Oʻzbekistondagi eng yirik soliq toʻlovchi xorijiy kompaniya boʻldi

Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp soliq toʻlagan kompaniya Facebook boʻldi. Kompaniya qariyb 6 milliard soʻm soliq toʻlagan. Shuningdek, Google, Apple, Netflix, Booking.com hamda Яндекс kompaniyalari ham 1-chorakda eng yirik soliq toʻlovchilar roʻyxatidan joy oldi.

Yaqin kelajakda yoʻqolish darajasi yuqori boʻlgan kasblar sanab oʻtildi

Ekspertlarning fikricha, boshqaruv jarayonining avtomatizatsiyasi kuchayishi tufayli haydovchilarga boʻlgan ehtiyoj keskin kamayadi.

Metropoliten, teplovozlar, elektrovozlar, avtobuslar, trolleybuslar va tramvaylar haydovchilariga elektronika ularning ishlarini qila boshlasa keyinchalik nima bilan shugʻullanishlari ustida hozirdanoq bosh qotirishlari kerakligini taʼkidladi.

Yevropaning eng yirik banklari AQSh toʻlov gigantlarini birgalikda siqib chiqarishmoqchi

Yevropaning eng yirik banklari oʻzlarining toʻlov tizimini yaratish uchun €30 million koʻproq mablagʻ toʻpladilar, ular yangi tizim orqali Amerikaning Mastercard, Visa va Apple Pay xizmatlari siqib chiqarmoqchi. Mazkur yangi xizmat orqali onlayn va oflayn toʻlovlar, pul oʻtkazmalari va bankomatlardan naqd pul olish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Biznes gʻoya: Oʻzbekistonda qanday qilib tatuirovka studiyasini ochish mumkin va undan qancha daromad olsa boʻladi

Artdom asoschilari — Karina Muratova va Sabina Alieva qanday qilib noldan tatuirovka salonini ochish mumkinligi, qancha miqdorda dastlabki sarmoya kerak boʻlishi va qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida Spotga gapirib berishdi.

IT Park sovrin jamgʻarmasi $1 million boʻlgan tanlov eʼlon qildi

IT Park tomonidan The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan Entrepreneurship World Cup 2021 (EWC) tanlovining mintaqaviy bosqichiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

Pensiyalarni tayinlashda faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, OTMdagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Magnum Cash&Carry Toshkentdagi doʻkonlariga ishchilar yollashni boshladi

Qozogʻistondagi eng yirik chakana savdo tarmogʻi — Magnum Cash&Carry oʻzining Oʻzbekistondagi doʻkonlariga kadrlar yigʻishni boshladi. Dastlab kompaniya loyiha muhandisi va rivojlanish menejeri yoʻnalishida xodimlar qidirgan boʻlsa, ayni paytda kassirlar va doʻkon uchun direktorlar lavozimida kadr izlamoqda.


Yarimoʻtkazgichlar yetishmasligi global iqtisodiyot uchun jiddiy muammo emas — Oxford Economics

Avtomobil sanoati yarimoʻtkazgichlar yetishmasligidan zarar chekmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 2 million dona mashina ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabar beriladi. Agentlikda mikrosxemalar yetishmovchiligi global avtoprom konsernlarining yillik hisobitlari orqali yana-da yaqqol koʻrinib bormoqda deyiladi.

Tesla muhandislari Ilon Maskning avtonom mashinalar haqidagi gapini inkor qildilar

Tesla kompaniyasi muhandislari 2021-yilning oxiriga qadar toʻliq avtonom boshqariladigan avtomashinani ishlab chiqarishlari kerak edi. Biroq Teslaʼning avtonom haydash muhandisi Si Jey Mur transport departamenti bilan suhbatda Maskning bayonoti ishlarning real holatiga mos kelmasligini va kompaniya 2021-yil oxirigacha ishni yakunlay olmasligini tushuntirdi.

Jef Bezosga tegishli “Blue Origin” kompaniyasi kosmosga sayohat uchun chipta sotadi

Birinchi parvoz 20-iyul kuni amalga oshiriladi. Chipta narxi uch bosqichda boʻlib oʻtadigan kim oshdi savdosi orqali aniqlanadi. Auksion gʻolibi New Shepard kosmik kemasida bitta oʻringa ega boʻlishi mumkin. Kema oltita yoʻlovchini Yerdan 100 km balandlikdagi suborbital kosmosga olib chiqadi. Sayyohlar parashyut bilan Yerga kapsulada qaytariladi.


__

Spot tomonidan tuzilgan hafta davomidagi eng qiziqarli yangiliklar 10 taligi shulardan iborat edi. Ular bilan tanishib chiqish orqali oʻtkazib yuborgan voqealaringiz haqida maʼlumotga ega boʻldingiz, degan umiddamiz. Spot Sizga eng xolis va ishonchli xabarlarni yetkazib borishda davom etadi.

Dam olish kunlaringiz mazmunli oʻtsin.

Yana-da koʻproq yangiliklar — spot.uz saytida.

Facebook: fb.com/spot.uzb
Instagram:
@spot.uz
Telegram (oʻzbek tilida): t.me/spotuz_uz
Telegram (rus tilida): t.me/spotuz
Tahririyat telefon raqami: (+998) 99−871−1515
Elektron manzil:
info@spot.uz