Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti prorektori Aleksandr Safonovning fikricha yo’qolib ketish xavfi bo’lgan kasblarga ularning ommaviylik darajasi ta’sir ko’rsatadi. Bu haqda u “Российская Газета” ga bergan intervyusida aytib o’tgan.

Ekspertning fikricha, boshqaruv jarayonining avtomatizatsiyasi kuchayishi tufayli haydovchilarga bo’lgan ehtiyoj keskin kamayadi. Safonov metropoliten, teplovozlar, elektrovozlar, avtobuslar, trolleybuslar va tramvaylar haydovchilariga elektronika ularning ishlarini qila boshlasa keyinchalik nima bilan shug’ullanishlari ustida hozirdanoq bosh qotirishlari kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, ba’zi bir kasblar butunlar yo’qolmaydi balki o’z faoliyatini tubdan o’zgardiradi deya fikr bildiradi u. Misol uchun hisobchi yaqin yillarda yangi vazifalarni bajaradi: audit ishi va soliqlar bo’yicha maslahat berishni amalga oshiradi.

Mutaxassis hech qanday kompyuter dasturi buxgalterni to’liq o’rnini bosa olmasligini ta’kidladi, chunki “moliya juda shaxsiy ishdir”.

Shu bilan birga, Safonov mutaxassislar mehnat bozorida talabni saqlab qolish uchun o’z bilimlarini doimiy ravishda oshirishlari va yangi vakolatlarni o’rganishlari zarurligini aytib o’tdi.

Tahlilchilar IT-mutaxassislar, robototexnika, kadrlar bo’yicha mutaxassislar, yollovchilar va masofadan turib ishlash uchun turli xil frilanserlar hozirda dolzarb bo’lib kelayotganini ta’kidlamoqdalar. Ammo yuqori malakali kasb egalari, muhandislar, tibbiyot xodimlari, kotiblar va boshqalarga nisbatan talab yuqoriligicha qoladi.