Tesla kompaniyasi muhandislari 2021-yilning oxiriga qadar toʻliq avtonom boshqariladigan avtomashinani ishlab chiqarishlari kerak edi. Bu haqda Mask 2020-yilning yozidayoq ommaga xabar bergandi, deya yozmoqda “Reuters”.

2021-yilning yanvar oyida moliyaviy masalalar boʻyicha konferens-suhbat payti Mask avtonom mashinalar haqida toʻxtalib, “endilikda mashinalar yana-da ishonchli boshqarilishi"ga hammani ishontirgandi.

Oʻtgan oyda esa Tesla rahbari mashinaning holati haqida toʻxtalib, jarayon yakuniy pallaga kelib qolgani va dasturning beta-versiyasi “aqlni shoshirib qoʻyishini” aytgandi.

Biroq Teslaʼning avtonom haydash muhandisi Si Jey Mur transport departamenti bilan suhbatda Maskning bayonoti ishlarning real holatiga mos kelmasligini va kompaniya 2021-yil oxirigacha ishni yakunlay olmasligini tushuntirdi.

Maʼlumotlar yuzasidan Tesla va departament rasmiylari izoh berishdan bosh tortdilar.