Qozogʻistondagi eng yirik chakana savdo tarmogʻi — Magnum Cash&Carry oʻzining Oʻzbekistondagi doʻkonlariga kadrlar yigʻishni boshladi, bu haqda hh.uz saytida eʼlon qoldirilgan.

Dastlab kompaniya loyiha muhandisi va rivojlanish menejeri yoʻnalishida xodimlar qidirgan boʻlsa, ayni paytda kassirlar va doʻkon uchun direktorlar lavozimida kadr izlamoqda.

Birinchi doʻkonning ochilish sanasi hozircha nomaʼlum boʻlsa-da, kompaniya 2021-yilga kelib Toshkentda oltita punkt ochishni rejalashtirayotganini, ularning asosiy formati gipermarket boʻlishini aytgan edi.

Kompaniya xaridorlarga Oʻzbekiston va Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan, boshqa mamlakatlardan olib kelingan turli xil tovarlarni (20000 turgacha) taklif qilmoqchi. Chakana savdo kompaniyasi Magnum Club bonus dasturini ham ishga tushiradi.

Spot avval yozganidek, Qozog’istonning Magnum Cash&Carry chakana savdosi 2021 yilda Toshkentda 6 ta do’kon ochishini va ularni gipermarket shaklida bo’lishini rejalashtirmoqda.